12:19 / 10.03.2018
4 966

Michiganda kuchli qor bo‘roni tufayli 60 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)

Michiganda kuchli qor bo‘roni tufayli 60 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)
To‘qnashgan mashinalarning ko‘pi og‘ir yuk mashinalari bo‘lgan.
Foto: “forumdaily.com”

AQSHning Michigan shtatidagi shosseda kuchli sovuq va qor tufayli 60 ta mashina to‘qnashib ketdi. Bu haqida shtat politsiyasi ma’lumoti va “Fox2Detroit” telekanali ma’lumotiga asoslanib “Xabar.uz” ma’lum qilmoqda.

Hokimiyat vakillarining ma’lum qilishicha, jabrdiydalar bor, ammo ularning hayoti xavf ostida emas. Uch kishi shifoxonaga yotqizilgan. To‘qnashgan mashinalarning ko‘pi og‘ir yuk mashinalari bo‘lgan.

Hodisaga yo‘lni ko‘rishni qiyinlashtirib qo‘ygan kuchli qor bo‘roni sabab bo‘lgani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Michiganda kuchli qor bo‘roni tufayli 60 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)