Amazon kompaniyasi 2018 yil 1-choragi bo‘yicha hisobot bergandan keyin kompaniya aksiyalari narxi 7 foizga oshdi, kapitallashuvi 735 mlrd dollarga yetdi. Bunday ijobiy natijalar ortida kompaniya asoschisi, dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning boyligi 12 mlrd dollarga ko‘payib, 134 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.
Amazon’ning 1-chorakdagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari quyidagicha: sof savdo 2017 yilning 1-choragiga nisbatan 43 foizga ko‘payib, 51 mlrd dollarni tashkil qildi; sof daromad esa 125 foizga o‘sib, 1,63 mlrd dollarni, operatsion daromad esa 92 foizga o‘sib 1,93 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Amazon Web Services (AWS) bulut platformasining savdolari 49 foizga o‘sib, 5,4 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu yo‘nalishga kompaniyaning 11 foiz tushumi va 73 foiz operatsion daromadi to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi