19:30 / 01.05.2018
9 847

Floridada ulkan bo‘g‘ma ilonlar botqoqlikdan shahar sari yo‘l olmoqda

Floridada ulkan bo‘g‘ma ilonlar botqoqlikdan shahar sari yo‘l olmoqda
Amerikaning janubiy qismida joylashgan Florida shtatidagi botqoqliklarda yashovchi bo‘g‘ma ilonlar aholi zich yashovchi hududlar tomon harakatlanmoqda, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Ilgari ulkan bo‘g‘ma ilonlar Evergleyds milliy qo‘riqxonasida yashagan bo‘lsa, endi ularni shaharga yaqin hududlarda ham uchratish mumkin. Biolog Jo Vasilevskining so‘zlariga qaraganda, bo‘g‘ma ilonlar yarim orolning g‘arbiy qirg‘oqlarini egallashgan. “Men ularning shaharga yaqinlashganidan tashvishdaman”, dedi biolog.

Shu okrugda yashovchi Li Sara Robinsonning aytishicha, uning tanishlari ilgari ilonlar uchramagan joylarda bo‘g‘ma ilonlarniuchratib, birga tushgan rasmlarini tez-tez Facebook sahifasiga joylashtirishmoqda. Fort-Mayers shahrida yashovchi Dayan Chernou esa bo‘g‘ma ilonlar itiga hujum qilishidan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

Bunday bo‘g‘ma ilonlarning uzunligi o‘rtacha 3,7 metrni tashkil etadi. Biroq ba’zi joylarda uzunligi 5,74 metr bo‘lgan bo‘g‘ma ilonlarni ham uchratish mumkin. Shtat ma’muriyati bo‘g‘ma ilonlarni ovlash bo‘yicha bir qancha musobaqalar uyushtirdi. O‘tgan yildan beri shu yo‘l orqali 850 ta bo‘g‘ma ilon yo‘q qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Floridada ulkan bo‘g‘ma ilonlar botqoqlikdan shahar sari yo‘l olmoqda