Londonning Xitrou aeroportida 50 ta timsoh ushlab qolindi. Timsohlar egalari yovvoyi hayvonlarni tashish qoidalarini buzishgan. Bu haqda BBC News portaliga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Bir yoshli timsohlar fermada go‘shti uchun boqish maqsadida Malayziyadan Buyuk Britaniyaga olib kirilmoqchi bo‘lgan. 30 santimetrlik timsohlar Britaniyaga parvoz davomida zich joylashtirilgani sababli bir-birlari bilan talashib kelgan. Beshta konteynerdan har biriga me’yorga ko‘ra 4 ta timsohdan joylanishi kerak bo‘lsa-da, 10 tadan timsoh tiqilgan. Oqibatda bitta timsoh nobud bo‘lgan.
Timsohlar yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar turlari savdosi haqidagi konvensiyaga (SITES) ko‘ra musodara qilingan. Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligida timsohlarga yangi uy topib berilishi ma’lum qilingan.
SITES 169 ta davlat tomonidan imzolangan xalqaro kelishuv bo‘lib, 1975 yilda kuchga kirgan. Konvensiyadan maqsad yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarni sotish natijasida yo‘q bo‘lib ketishdan asrash hisoblanadi. Hujjat imzolangandan keyin uning himoyasi ostida bo‘lgan turlardan birortasi savdo natijasida yo‘q bo‘lib ketmagan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi