13:26 / 30.05.2018
4 007

AQSHda o‘smirning maktabga borish ishtiyoqi unga mashina olib keldi

AQSHda o‘smirning maktabga borish ishtiyoqi unga mashina olib keldi
Foto: Twitter / @RickeySmiley
Amerikalik radioboshlovchi Riki Smayli Alabamada yashovchi qora tanli Kori Patrikka avtomobil sovg‘a qildi. Bu haqda jurnalist o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Smayli 19 yoshli o‘smirni uning suratlari Facebook’da ommalashib ketganidan so‘ng topishga qaror qilgan. Yaqinda avtobus haydovchisi Patrikni bekatga bitiruvchi kiyimida kelganini suratga olgan, keyin esa suratni ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Surat 40 ming martadan ko‘proq repost qilingan.

O‘smirning onasi tomonidan hikoya qilinishcha, u oilasi bilan o‘qishi tugash yilidan oldin boshqa tumanga ko‘chib o‘tgan. Biroq o‘smir ko‘p do‘stlari qolgan eski maktabga borishni xohlagan. Shuning uchun u har kuni ertalab soat 04:30 da uyg‘ongan va avtobus bekatigacha bir yarim soat piyoda yurib borgan.

Patrikning hikoyasi mahalliy Jamz radiosi boshlovchisini ta’sirlantirgan. Ertalabki efir chog‘ida Smayli o‘smirni topishni va unga mashina sovg‘a qilishni xohlayotganini aytgan.

Keyinroq Smayli o‘zining Patrik bilan yangi mashina oldida turgan rasmini e’lon qilgan. Erkak o‘smirga haydovchilik guvohnomasini olishga yordam berishni ham va’da qilgan.

Xabar qilinishicha, Patrik Jeksonvill universitetida to‘liq stipendiyani qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda o‘smirning maktabga borish ishtiyoqi unga mashina olib keldi