10:29 / 03.06.2018
6 060

Alisher Usmonovning rafiqasi ustiga dekoratsiyalar tushib ketdi (video)

Alisher Usmonovning rafiqasi ustiga dekoratsiyalar tushib ketdi (video)
Badiiy gimnastika bo‘yicha Yevropa chempionatida rossiyalik gimnastikachi Anastasiya Sergeyevaning chiqishi vaqtida devordagi dekoratsiyalarning bir qismi qulab tushdi, deb yozadi Kun nashri.

Dekoratsiyaning 3 metrga 6 metrlik qismi polga tushgan. Gimnastikachiga hech narsa qilmagan, chunki u devordan 30 metr narida ishtirok etayotgan bo‘lgan. Biroq dekoratsiya rossiyalik gimnastikachilar murabbiyi Irina Viner-Usmonova ustiga tushgan. Dekoratsiyaning tushib ketayotganini ko‘rgan xodimlaridan biri Viner-Usmonovani chetga olib qochmoqchi bo‘lgan.

Musobaqa 5 daqiqacha to‘xtab qolgan. Viner-Usmonova voqea oqibatida biror jarohat olgan-olmagani noma’lum, biroq u keyinroq sportchilarni gilamga olib chiqqan va taqdirlash marosimida ishtirok etgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonovning rafiqasi ustiga dekoratsiyalar tushib ketdi (video)