11:58 / 05.07.2018
4 180

Ayol jurnalist shundoq yonidan vertolyot uchib o‘tganiga qaramay pinagini buzmadi (video)

Ayol jurnalist shundoq yonidan vertolyot uchib o‘tganiga qaramay pinagini buzmadi (video)
Ozarboyjonlik ayol jurnalist Elmira Musazoda havoga ko‘tarilayotgan vertolyotlarning shundoq yonida reportaj olib bordi. Jurnalistning bu reportaji haqida Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Musazodaning reportaji Ozarboyjon qurolli kuchlarining yubileyiga bag‘ishlangan bo‘lgan. Rolikda jurnalist aerodromning uchish-qo‘nish yo‘lagida turib reportaj olib borayotgani va shunda uning orqasidagi ikkita vertolyot u tomonga qarab uchayotganini ko‘rish mumkin. Ayol vertolyotlar uning shundoq yonidan o‘tib ketganiga qaramay, joyidan bir qadam ham jilmagan holda reportajni davom ettirgan.

Musazodaning pinagini buzmagani xorijiy OAVlarni hayratlantirgan: uning ishtirokidagi video Britaniya, Kanada va AQSH internet-nashrlari tomonidan tarqatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayol jurnalist shundoq yonidan vertolyot uchib o‘tganiga qaramay pinagini buzmadi (video)