15:25 / 17.07.2018
5 291

Tramp Putin sovg‘a qilgan to‘pni xotiniga otdi (+video)

Tramp Putin sovg‘a qilgan to‘pni xotiniga otdi (+video)
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xelsinkida yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Ikki davlat yetakchilari qo‘shma matbuot-anjumani o‘tkazayotganda Putin Trampga jahon chempionati to‘plaridan birini sovg‘a qilgan.

“Hurmatli prezident hozirgina aytganimdek, biz futbol bo‘yicha jahon chempionatini yakunladik. Bu to‘p endi uning tarafida”, deb to‘pni Trampga bergan.

Rossiya rahbari shuningdek, JCh-2026 AQShda o‘tkazilishini ham ta’kidlagan. Tramp sovg‘a uchun Putinga minnatdochilik bildirgan.

“Ha, biz jahon chempionatini o‘tkazamiz, umid qilamanki biz sizlardek bu ishni qoyillatamiz”, degan AQSh prezidenti.

U to‘pni o‘g‘li Berronga sovg‘a qilishini aytgan va uni turmush o‘rtog‘i Melaniyaga otgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Putin sovg‘a qilgan to‘pni xotiniga otdi (+video)