18:18 / 28.07.2018
4 821

​Kutubxonachi 20 yilda 8 mln. dollarlik noyob kitoblarni yashirincha sotib yuborgani aniqlandi

​Kutubxonachi 20 yilda 8 mln. dollarlik noyob kitoblarni yashirincha sotib yuborgani aniqlandi
AQShning Pensilvaniya shtatidagi kutubxona arxivchisi 20 yil davomida umumiy qiymati 8 million dollarlik noyob kitoblarni o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda New York Post manbasi xabar berdi. Kutubxona bu ishni noyob kitob savdogari bilan til biriktirgan holda amalga oshirgan. Ular kitoblar, illyustratsiyalar va fotosuratlarni o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda. O‘marib ketilgan nashrlar ichida Isaak Nyutonning “Tabiiy falsafaning matematik ibtidosi” nomli ilmiy ishi ham bor. Uning narxi 900 ming dollarga teng.

Jinoyatchilar o‘g‘irlangan narsalarni boshqa kolleksionerlarga sotgan. Ba’zan ular maxsus pichoqdan kitoblardagi qimmatbaho xaritalar va tasvirlarni kesib olishda ham foydalanishgan. Ekspertlarning qayd etishicha, o‘tgan yigirma yil ichida kutubxonadan 300 dan ortiq noyob nashrlar yo‘qolgan. Audit o‘tkazilishi jarayonida ana shu qing‘irliklarning misi chiqdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » ​Kutubxonachi 20 yilda 8 mln. dollarlik noyob kitoblarni yashirincha sotib yuborgani aniqlandi