11:20 / 28.08.2018
5 093

AQSH uchun bosh xavf Rossiya ham, Xitoy ham emas – amerikalik harbiy

AQSH uchun bosh xavf Rossiya ham, Xitoy ham emas – amerikalik harbiy
AQSH qurolli kuchlariga Rossiya ham, Xitoy ham emas, balki oʻz qoʻshinlarini haddan tashqari faol qoʻllashi va texnologiyalarining past darajasi xavf soladi. Bunday fikrni AQSH armiyasining sobiq podpolkovnigi Deniel Devis National Interest nashri uchun maqolasida bildirgan.

Devisning aytishicha, ayni vaqtda AQSH oʻz xavfsizligini oshirishga yetarlicha eʼtibor qaratmayapti, armiyasini haddan tashqari qoʻllashi va harbiy imkoniyatlarining yetarlicha rivojlanmagani Amerikaning dunyodagi hukmronligiga putur yetkazgan.

Uning aytishicha, agar AQSHning dushmanlaridan biri unga tegishli navigatsiya va razvedka sunʼiy yyoʻldoshlarini yoʻq qilish uchun kosmik qurollardan foydalansa, Vashington bu xavfga javob bera olmaydi va oʻz harbiy salohiyatining katta qismini bir ondayoq yoʻqotadi.

Devisning fikricha, AQSH oʻz harbiy kuchini qoʻllashni yoki uni raqobatchilari va dushmanlarini barcha talablariga rozi boʻlishga majburlash uchun qoʻllash bilan tahdid qilishni toʻxtatishi lozim. Chunki bu AQSHning ehtimoliy dushmanlarini qarshi kurashish boʻyicha tadqiqotlarni koʻpaytirish va bu boradagi choralarni ishlab chiqishga undaydi.

Devisning yozishicha, AQSH mayda urush va terrorchilikka qarshi kurash bilan oʻralashib qolgan. Bundan tashqari, AQSH oʻz armiyasini bu maqsadlarda qoʻllashi uning harbiy texnikasining eskirishiga va “kerak boʻlmagan” harbiy operatsiyalarni moliyalashtirish uchun trillion dollarlab qarzga botishiga olib kelgan. Shuningdek, oddiy askarlarning jangovar koʻnikmalari pasaygan.

Sobiq harbiyning taʼkidlashicha, AQSH oʻz siyosatini oʻzgartirishi, butun dunyo boʻylab amaldagi harbiy operatsiyalarini tugatishi hamda oʻz armiyasini ehtiyot qilishi lozim. Joriy vaziyatning saqlanib qolishi esa AQSH armiyasiga putur yetkazaveradi va kelgusida uning magʻlubiyatiga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH uchun bosh xavf Rossiya ham, Xitoy ham emas – amerikalik harbiy