Qatar amiri Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonga 500 million dollar qiymatga ega lyuks klassdagi “Boeing 747-8” rusumli samolyotni sovgʻa qildi. Bu xabarni Erdoʻgʻonning oʻzi ham tasdiqladi. Bu haqda “Xabar” nashri maʼlum qilmoqda.
Avvalroq Turkiya matbuoti Qatar amiri Tamim ibn Hammod as-Soniy Turkiya prezidentiga dunyodagi eng ulkan va eng qimmat shaxsiy samolyotni sovgʻa qilgani haqida xabar bergan edi. Havo kemasi 94 kishini oʻz bagʻriga oladi.
“Besh yuz million dollar qiymatga ega bu samolyot sotuvga qoʻyilgan edi. Biz unga qiziqib qoldik. Qatar amiri bundan xabar topib, bu havo kemasini menga emas, shaxsan Turkiyaga sovgʻa qildi. Ayni paytda samolyot boʻyalyapti. Boʻyash ishlari tugashi bilan uni olib kelamiz”, – degan Erdoʻgʻon Ozarbayjondan qaytayotib jurnalistlar bilan samolyotdagi muloqotida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi