14:38 / 18.09.2018
3 486

Boshidan zarba yegan ruminiyalik odamlarni davolay boshladi

Boshidan zarba yegan ruminiyalik odamlarni davolay boshladi
Kuchli bosh ogʻrigʻidan aziyat chekyapsizmi? Yoki biror virus yuqtirib oldingizmi? Xavotirlanmang, tabib Jerri Sarjent sizga yordam beradi! Toʻgʻri, tekinga emas – 1200 dollarga. Koʻpchilik insonlarning fikricha, u rostdan ham davolay oladi. Bor-yoʻgʻi 15 daqiqalik seansi bilan.

Oʻzining ajoyib iqtidoriga Jerri avtohalokatdan soʻng ega boʻlgan. Bir kuni u oʻtirgan taksi haydovchisi yoʻldan oʻtayotgan ikki ayolni urib yuboradi. Ulardan birining gavdasi kuchli zarb bilan haydovchining yonida oʻtirgan Jerrining boshiga kelib uriladi. Yigitning aytishicha, shu payt u ayolning jonsiz tanasidan ajralib chiqqan ruhi havoga koʻtarilayotganini aniq koʻrgan.

Mana shu hodisadan soʻng Jerri gʻayrioddiy qobiliyat egasiga aylandi. Tez orada u odamlarni davolay olishini tushunib yetdi. U hozirda migren, uzoqni koʻra olmaslik, shamollash va hatto saraton(!)ni ham davolamoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boshidan zarba yegan ruminiyalik odamlarni davolay boshladi