17:47 / 24.09.2018
3 873

Moldova prezidenti oʻz lavozimidan chetlatildi

Moldova prezidenti oʻz lavozimidan chetlatildi

Moldova Konstitutsion sudi yangi vazirlarni tasdiqlashdan bosh tortgani sababli prezident Igor Dodonni vaqtinchalik oʻz vazifalarini bajarishdan chetlatdi.

Bunday qaror Konstitutsion sud tomonidan Demokratik partiya deputatlarining iltimosi boʻyicha qabul qilindi.

“Interfaks”ning xabar berishicha, sud qarori parlament raisiga prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza qilish va oila, shuningdek, qishloq xoʻjaligi, mintaqaviy rivojlanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish vazirini tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolashiga imkoniyat yaratib berishga yoʻnaltirilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moldova prezidenti Igor Dodon Kishinyovda roʻy bergan norozilik namoyishlari yuzasidan oʻz fikrini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moldova prezidenti oʻz lavozimidan chetlatildi