15:44 / 29.09.2018
7 121

Dubayda dunyodagi “eng qimmatbaho oyoq kiyim” namoyish etildi (foto, video)

Дубайда дунёдаги "энг қимматбаҳо оёқ кийим" намойиш этилди (фото, видео)
Dubaydagi 7 yulduzli “Burj al-Arab” mehmonxonasida qiymati 17 million dollar boʻlgan dunyodagi eng qimmat oyoq kiyim taqdim etildi, deya maʼlum qiladi “Xabar” sayti.

“The Passion Diamond” (Gʻaroyib olmos) nomi berilgan poyabzal haqiqiy oltindan tayyorlangan va 15 karatli olmos bilan bezatilgan.

Juda koʻp olmos ishlatilgan ushbu poyabzalni Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Jada Dubai” hamda “Passion Jewellers” korxonalari ishlab chiqargan.

“The Passion Diamond” avval dunyodagi eng qimmat poyabzal sifatida 15,1 million dollarga sotilgan “Debbie Wingham” oyoq kiyimini ortda qoldiradi.

Ushbu poyabzal bilan birga boshqa olmos, yoqut va oltin bilan bezatilgan boshqa oyoq kiyimlar ham namoyish etilmoqda.
View this post on Instagram

Diamonds, gold. The Passion Diamond Shoes.

A post shared by JADA DUBAI (@jadadubai) on


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda dunyodagi “eng qimmatbaho oyoq kiyim” namoyish etildi (foto, video)