Abstrakt yoʻnalishida ijod qiluvchi xitoylik rassom Chjao Uszining “Iyun-oktyabr 1985” surati Gonkongda boʻlib oʻtgan kimoshdi savdosida 65,2 mln AQSH dollariga sotilgan. Bu toʻgʻrisida “Sothebyʻs” auksion uyida 30 sentyabr kuni kimoshdi savdosini oʻtkazgan tashkilotchilar xabar bergan.
Bu osiyolik rassomlar asariga nisbatan rekord koʻrsatkich boʻlib, kartina moyboʻyoqda ishlangan. “Iyun-oktyabr 1985” polotno-triptixi rasm nomida koʻrsatilgan davrda ishlangan, eni 10 metr, boʻyi 2,8 metr boʻlib, Singapurdagi “Raffles City” inshootlari kompleksining asosiy binosi foyesini bezagan.
Rasm pistoqi-siyohranglardan foydalanib, noanʼanaviy usulda, gʻarb abstraktsionistlariga xos yoʻnalishda ishlangan. Bu Chjao Uszining oʻzigagina xosdir.
Tashkilotchilar rasmni 45 mln AQSH dollariga sotmoqchi boʻlishgan, biroq kimoshdi savdosida uning narxi ancha oshgan. Xaridorning nomi eʼlon qilinmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi