19:40 / 02.10.2018
3 654

Rossiya jinoyatchilar ekstraditsiyasi boʻyicha soʻrovlarning eng koʻpini Oʻzbekistondan qabul qiladi

Rossiya jinoyatchilar ekstraditsiyasi boʻyicha soʻrovlarning eng koʻpini Oʻzbekistondan qabul qiladi
Rossiya jinoyatchilarni topshirish boʻyicha soʻrovlarni, ularni xorijiy hamkasblarga yuborishga qaraganda uch barobar koʻproq qabul qiladi. Bu haqda Bosh prokuraturaning “Efir” interfaol videoservisi efirida ekstraditsiya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sergey Gorlenko maʼlum qildi, deya xabar beradi Kun.uz.

“Umuman olganda, chet eldan Rossiyaga ekstraditsiya qilish boʻyicha 1,5 mingga yaqin soʻrovlarni koʻrib chiqamiz. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi har yili chet elga 400ta soʻrov joʻnatadi”, - dedi Gorlenko.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiyaga ekstraditsiya boʻyicha kelib tushadigan soʻrovlarning eng koʻp miqdori Oʻzbekiston, Belarus, Qozogʻiston, shuningdek, Germaniya, Ispaniya va Janubiy Amerika davlatlaridan yuboriladi. Rossiya Federatsiyasi Qozogʻiston, Belarus, Germaniya, Ispaniya, Shveysariya va Buyuk Britaniyaga bu borada eng koʻp soʻrov bilan murojaat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya jinoyatchilar ekstraditsiyasi boʻyicha soʻrovlarning eng koʻpini Oʻzbekistondan qabul qiladi