18:44 / 08.10.2018
7 585

Tokioda jahondagi eng yirik baliq bozorini yopishdi

Tokioda jahondagi eng yirik baliq bozorini yopishdi
Yaponiya poytaxti Tokioda jahondagi eng yirik baliq va baliq mahsulotlari bozori “Sukidzi“ yopildi. Bu haqda Anadoʻluʻga asoslanib Turon24 xabar bermoqda.

Ushbu bozorning yopilishiga sabab “Olimpiada 2020“ musobaqasiga tayyorgarlik jarayonining boshlangani hisoblanadi. Shahar maʼmuriyati bozor oʻrnida ulkan avtomobil turargohini qurishni rejalashtirmoqda.

“Sukidzi“ afsonaviy baliq bozori Yaponiya poytaxtida 83 yil faoliyat yuritgan. Butun dunyodan baliq va baliq mahsulotlarining asosiy savdosi ayni shu yerda boʻlardi.

Joriy yilning sentyabr oyi oxirida bozor turistlar uchun yopilgan edi. 7 oktyabr kuni esa bozorda oxirgi ulgurji savdo boʻldi. Bozor faoliyatining soʻnggi kunida narxi 4,38 mln iyena (38 ming AQSH dollari)ga teng 160 kilogrammli tunes baligʻi sotilgan.

Biroq, “Sukidzi“ bozori butkul yoʻqolib ketmaydi. Bozor 2018 yilning 11 oktyabr kunidan Toyosu orolida oʻz faoliyatini boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tokioda jahondagi eng yirik baliq bozorini yopishdi