Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma’lum qilishicha, saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining qotillari AQSh hukumati qo‘llab-quvvatlovisiz o‘z maqsadiga erisha olmagan bo‘lardi. Bu haqda siyosatchining rasmiy saytida xabar qilingan.
Ta’kidlanishicha, Ruhoniy Turkiyani xolis surishtiruv jarayonini o‘tkazishga chaqiradi. Prezident zamonaviy dunyoda bunday «tashkillashtirilgan qotillik» amalga oshirilganidan hayratga tushgan.
«... Men mamlakat Amerika Qo‘shma Shtatlarining qo‘llab-quvvatlovisiz bunday qotillikka qo‘l urmagan bo‘lardi, deb hisoblayman», - deya ma’lum qildi Ruhoniy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh 21 nafar saudiyalikka davlatga kirishni taqiqlagani xabar berilgandi.
Reuters’ning Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauertga tayanib xabar qilishicha, Qo‘shma Shtatlar hukumati Saudiya Arabistonining 21 nafar vakiliga Amerika vizalarini bekor qildi yoki davlatga kirishni taqiqladi, bu saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi sababli yuz berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi