11:23 / 21.11.2018
3 150

Xitoydagi banklardan birining xodimalari homilador bo‘lish uchun rahbardan ruxsat so‘rarkan

Xitoydagi banklardan birining xodimalari homilador bo‘lish uchun rahbardan ruxsat so‘rarkan
Xitoyning Xebey viloyatiga qarashli Shitszyachjuan shahridagi tijorat banki xodimalari homilador bo‘lish uchun ham rahbardan rasman izn so‘rashi talab etilarkan. Agar so‘roqsiz homila orttirgan bo‘lsa, oldirib tashlashi lozim bo‘larkan. Buyruqni bajarmasa, shafqatsizlarcha jazolanarkan. Masalan, xodima 2018 yili tug‘ishni mo‘ljallagan bo‘lsa, yanvar oyi avvalida rasman ruxsat olishi zarur ekan.

So‘roqsiz homilador bo‘lgan ayollardan biri homilasini oldirib tashlamagandi. Bank rahbariyati tarafidan jazolandi. Alami kelgan xodima borib kasaba uyushmalari tashkilotiga shikoyat arizasini taqdim etdi. Arizasida o‘ziga o‘xshab so‘roqsiz homilador bo‘lgani sababli jazo topganlar ko‘pchilik ekanini ham tirkab o‘tdi. Qarangki, kasaba uyushmalari tashkiloti aralashuvidan keyingina bank rahbariyati bu yozilmagan qonunni va jazoni bekor qildi.

Manba: Hordiq.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Xitoydagi banklardan birining xodimalari homilador bo‘lish uchun rahbardan ruxsat so‘rarkan