12:53 / 29.12.2018
4 637

Tunda osmonda noma’lum yog‘du kuzatildi (video)

Tunda osmonda noma’lum yog‘du kuzatildi (video)
Nyu-York shahri aholisi 28 dekabr kuni tunda osmonda yorqin ko‘k rangli yog‘duni kuzatgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘zga sayyoraliklarning bostirib kelayotgani haqida hazil xabarlar qoldirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Consolidated Edison energetik kompaniyasining transformatori portlab ketgan. Portlash yog‘duga sabab bo‘lgan.
Politsiya yong‘inni to‘liq nazoratga olgani va o‘t o‘chiruvchilar tomonidan tezkor bartaraf qilingani haqida xabar bergan.

Shuningdek, transformatorda kelib chiqqan avariya natijasida La-Guardiya aeroportida bir necha reyslar qoldirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tunda osmonda noma’lum yog‘du kuzatildi (video)