Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov “Instagram”da qozogʻistonlik muxlisining murojaatini eʼtibordan chetda qoldirmadi.
«Assalomu alaykum hurmatli Xabib! Mening ismim Sasha, 26 yoshdaman. Qozogʻistonning Karaganda shahridanman. Hozircha mening xotinim va bolalarim yoʻq. Ammo, Karagandadagi bolalar uyida kichik doʻstlarim bor. Ular nafaqat aqliy, balki jismoniy tomonlama ham iqtidorlilar. Ularning har birida oʻz maqsadi bor.
Ular sizning 2-3 daqiqalik chiqishingizni koʻrsalar, katta motivatsiya, hayotga, muvaffaqiyatlarga intilish paydo boʻlardi. Men sizdan faoliyatingiz haqidagi kitobni bolalar uchun sovgʻa sifatida soʻramoqchi edim. Sizning ularga qiladigan videomurojatingiz yoki kitobingiz odamlarga taʼsir koʻrsatadi, motivatsiya bagʻishlaydi va hayotda muvaffaqiyatga erishishlariga yordam beradi. Umid qilamanki, xatim sizga yetib boradi. Hurmat bilan Aleksandr», – deb xabar qoldirgan muxlis.
Oʻz oʻrnida sportchi muxlisga javob yozdi: “Men shu yil Karagandaga boraman va Xudo xohlasa albatta sizlarning bolalar uyingizga kiraman. Iltimosing boʻyicha esa «direkt”da bogʻlanaman, meni kut», – deb javob berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi