17:13 / 14.01.2019
4 164

Sovet Ittifoqi parchalanishi Kubaga qanday yordam bergan?

Sovet Ittifoqi parchalanishi Kubaga qanday yordam bergan?
Foto: Kuoni
Kuba, kichik orolda joylashgan bo‘lishiga qaramay, jahon siyosatining diqqatini o‘ziga qaratib keladi. Uning AQSh bilan, Rossiya bilan, boshqa yirik davlatlar bilan murakkab munosabatlari, qolaversa, sotsializm qurishdagi o‘ziga xos yo‘li bilan diqqatga sazovor.

Ayrim ekspertlar Kubada sotsializmini SSSRnikidan muvaffaqiyatliroq deb baholasa, boshqalari, aksincha, Sovet Ittifoqining ushbu davlat qurilishidagi o‘rnini ta’kidlaydi. «Daryo» kolumnisti Jahongir Ergashev ushbu mamlakat haqida o‘z mulohazalarini bildiradi.

Bundan 60 yil muqaddam, 1959 yilnining 1 yanvarida Kubada amerikaparast Fulxensio Batistaning rejimi ag‘darilgan. Shu davrdan beri Ozodlik orolida Sovet Ittifoqi parchalanishiga bardosh bera olgan sotsialistik davlat yashab kelmoqda. Kuba sotsializmi haqiqiyroq va sovetlarnikidan ko‘ra bardavomroq bo‘lib chiqdi.

Yamaykaning shvedcha sotsializm modeli asoschisi Maykl Norman Menli (1924-1997) 1972-1980 va 1989-1992 yillarda Kuba fenomenini quyidagicha izohlagan edi: «Gavana SSSRdagi kabi nomenklatura sotsializmidan nusxa olmadi. Mamlakat rahbariyati va kompartiya aholining asosiy ko‘pchilik qismidan og‘zini ihotalamadi. Barcha bo‘g‘inlardagi rahbariyat bir yilda uch oy mobaynida qurilishda, qishloq xo‘jaligi soxasida, tibbiyotda Albaniya, Vetnam, Xitoyda Laosda bo‘lgani kabi ishlab berishi majburiy edi. SSSRdagi kabi qishloq xo‘jaligi majburiy kollektivlashtirish siyosatini boshidan kechirmadi, aksincha, Yugoslaviya, Polsha, Vengriyada bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligini kooperativ asosda tashkil etish yo‘lidan bordi. Kichik tadbirkorlikka ham yo‘l berildi».

Sotsializmning Kuba varianti, Menli va boshqa ko‘plab tahlilchilar nazarida, «ko‘pchilikning AQSh neokolonializmiga qarshi turish uchun qat’iy nazorat qilinadigan bir partiyali tizim va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash yo‘lida o‘zidan kechish» tamoyillariga asoslangan edi.

Aynan shu siyosatning mohiyatini Ernesto Che Gevaraning 1960 yil iyul oyida AQShning Look jurnaliga bergan intervyusidan ham anglash mumkin. «Fidel kommunist emas, va bizning inqilob haqiqiy kubincha inqilob, yanada tog‘rirog‘i, Lotin Amerikasi inqilobidir. Siyosiy jabhada Fidelning siyosatini xalq inqilobiy yoki inqilobiy milliy harakat deb tasniflash mumkin.

Sotsializmning SSSRcha modelini parchalanishini mutaxassislar avvalo siyosatning byurokratlashishi va siyosiy elitaning oddiy xalqdan uzilib qolishi bilan bog‘lashgan. Aynan shuning uchun ham nuqsonlardan xoli bo‘lishi uchun Kuba kompartiyasi 1965 yilda g‘oyaviy jihatdan qayta tashkil etilgan. U SSSR yoki Xitoyda bo‘lgani kabi Kuba kompartiyasining asosiy maqsadi barchani va iqtisodni tinimsiz kuzatishni maqsad qilmagan, balki siyosiy rahbarlarning o‘z ishi talablarini bajarish borasida qaror qabul qilishda malakalimi yoki yo‘qmi ekanligini ustuvor jihat deb bilgan.

Shunisi ham borki, Kubada tor doiralarda Gorbachyovning «qayta qurish» siyosatini ayovsiz tanqid qilishdan tiyilishgan, sabab 1961 yilda bo‘lgani kabi Sovet Ittifoqi va Albaniyada kuzatilgani kabi aloqalar uzilib qolishini siyosiy elita u qadar xohlamagan.

Lotin Amerikasi mamlakatshunosligi bilan shug‘ullanadigan rossiyalik tadqiqotchi Yelena Bajenovaning fikricha, Kuba modelidan farqli ravishda, Xrushchyov davridagi SSSR ummon ortidagi standartlarni o‘z hududida joriy etishni maqsad qilgan. Ammo maqsadni amalga oshirish uchun yetarli darajada jamiyatning mafkurasi bilan hisoblashmagan. Natijada hukumat sotsializm mafkurasini iste’molchilik mafkurasiga boy berib qo‘ygan.

Sovet Ittifoqi qo‘shinlarining Chexoslovakiyaga kiritilishi va Gorbachyovning qayta qurish siyosatini Kubada munosabatlar darz ketmasligi uchun o‘ta darajada ommaviy ravishda tanqid qilishmagan. «Lotin Amerikasi» jurnalida Ukrainada yetishtirilgan lavlagi o‘rnida okean ortidan olib kelingan shakarqamish hisobiga yo‘q qilish va Ukrainadagi ko‘plab shakar ishlab chiqaradigan zavodlarni Kuba xom ashyosi bilan ta’minlash borasida maqolalar e’lon qilingan. Kuba xom ashyosining yirik importyori bo‘lgan Xitoy bilan o‘zaro raqobatda bo‘lgan SSSR rahbariyati bunday katta hajmli siyosiy dasturning foydasini yaxshi anglab turar edi. Ammo birdan Ukraina rahbariyati bunday siyosatga e’tiroz bildira boshladi, rasmiy Gavana esa shakarqamish va uning yarim fabrikatlarini faqatgina Sovet Ittifoqiga yetkazib bera olmasligini bildirdi.

1986 yildan keyin Moskva bilan savdo aloqalarini tartibga solib olgan Kuba Xitoy, Ispaniya, Meksika, Argentina, Braziliya va Venesuela bilan iqtisodiy aloqalarni o‘rnata boshladi. O‘zaro mahsulot ayirboshlash jarayonida Kuba nafaqat Argentinadan, balki Ispaniyada hokimiyat tepasida bo‘lgan general lisimus Frankodan ham Iberiya hamjamiyati orqali ham savdo imtiyozlarini ola boshlaydi. Ispaniya va Argentina, Kuba bilan hozirgi iqtisodiy munosabatlarga qarab baho beriladigan bo‘lsa, Gavana borasida Peron va Frankoning Kubaga nisbatan tartib qilgan siyosatiga sodiq bo‘lib qolmoqda.

AQShning Kuba borasidagi siyosatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Amerika matbuoti 70-80-yillardan boshlab keng miqyosda Guantanamodagi harbiy bazani saqlab qolish muhim ekani borasida bong ura boshladi va bunda Kubaning rasmiy Moskva ta’siridan qutulishiga ishora deb qaradi. Stalinparast Che Gevaraning aka-uka Kastrolar tomonidan hokimiyatdan chetlashtirlishi, Che Gevaraning Boliviyadagi halokati AQSh tarafidan yaxshi kayfiyatda kutib olingan.

AQShning Guantanamo bazasi hali hamon AQSh tasarrufida qolmoqda, Gavana esa Che Gevara vafotidan buyon bu masalani BMT Xavfsizlik Kengashi yoki Bosh Assamleya yig‘inlarida asosiy masala sifatida olib chiqqani yo‘q.

1980-yillar boshidan beri Kuba hududdagi marksistik inqilobiy guruhlarga moliyaviy ko‘mak berishni ham to‘xtatib qo‘ydi. Bu esa rasmiy Gavananing Vashington bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanligidan dalolat. Bu, o‘z navbatida, AQSh tomonidan 2015-2017 yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash istiqbolini yuzaga chiqardi. Vaziyatning bunday tus olishini xalqaro jamoatchilik Kubada 1980-1990-yillar oralig‘ida boshlangan Xitoy va Vetnam bozor iqtisodiyotining Kubaga bevosita ta’siri samarasi deb ham baholashdi. 1990 yildan boshlab Xitoy, Ispaniya, Janubiy Amerikaning aksar davlatlari Kubaga moliyaviy yordam ko‘rsatib kelayotgan asosiy tijoriy sheriklar bo‘lib kelmoqda.

Yuqoridagi omillarning ta’siri Kubadagi sotsializmning yashab qolayotganiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. XX asrdagi taloto‘plar, jumladan, Sovet Ittifoqining qulashi Kuba sotsializmini yo‘q bo‘lib ketishiga ham ta’sir eta olmadi.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sovet Ittifoqi parchalanishi Kubaga qanday yordam bergan?