09:30 / 15.01.2019
4 291

Indoneziyalik biolog ayol timsohga yem bo‘ldi…

Indoneziyalik biolog ayol timsohga yem bo‘ldi…
Fojia Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi viloyatiga qarashli Tomoxon shahridagi laboratoriyada sodir bo‘ldi. 44 yoshli biolog ayol Dizi Tuvo Merri laqabli timsoh saqlanadigan kichik suv havzasiga mahluqqa go‘sht tashlash niyatida kirgandi. Bilibmi-bilmaymi, qirg‘oqqa juda yaqin borib qolgan ekan. Timsoh bir sakrab uni tutib oldi va ichkariga sudrab ketdi.

Laboratoriyaning boshqa xodimlari bu yerga kirishganda, mahluq ayol jasadini deyarli yeb bitirayozgandi. Zudlik bilan qutqaruvchilar brigadasini chaqirishdi. Shu asnoda timsoh changalidan ayol jasadining qolgan qismini tortib olishga ham muyassar bo‘lishdi.

Qutqaruvchilar esa timsohni tutib veterinariya klinikasiga olib ketishdi.

Laboratoriyadagilarning aytishicha, Merri boshqa timsohlarga tez-tez tashlanib qolarkan, ammo hech qachon odamga hujum qilmagan ekan. Unga doimiy tarzda o‘z vaqtida hali yangi keltirilgan go‘sht, tovuq va boshqa yemishlarni berib kelishgan. Olimlar ta’kidlashdiki, timsoh ayolni butunligicha yutmagan. Sababi u qadar och bo‘lmagan. Agar juda och bo‘lsa, mahluq o‘ljasini butunligicha yutarkan.

Tuvo laboratoriyada yetakchi olimalardan biri edi. U bir umr jonivorlarni sevib yashagan ekan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyalik biolog ayol timsohga yem bo‘ldi…