Olmaotada vertolyot sihatgoh hududiga quladi. Voqea Naurizbay tumanidagi mikrotumanda soat 16.05da yuz bergan. Bu haqda Tengrinewsʻga tayanib Kun.uz nashri xabar berdi.
“Alatau” sihatgohining ochiq hududiga Sky Service aviakompaniyasining Eurocopter-130 markasidagi xususiy vertolyoti quladi”, deb maʼlum qilingan favqulodda vaziyatlar qoʻmitasida.
Foto: Tengrinews[/center]
Vertolyotda 1968 yilda tugʻilgan uchuvchi boʻlgan. U tez yordam xodimlari kelguncha vafot etgan. Vertolyot Boralday – Katta Olmaota koʻli yoʻnalishi boʻyicha uchayotgan boʻlgan.
Foto: Tengrinews[/center]
Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Ushbu halokat yuzasidan tergov boshlangan.
Eurocopter-130 bir motorli yengil vertolyot boʻlib, Fransiyaning Eurocopter kompaniyasi tomonidan 1999 yildan beri ishlab chiqariladi. Qulagan vertolyot 2017 yilda ishlab chiqarilgan boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi