09:02 / 18.01.2019
3 998

Britaniya qirolichasining turmush o‘rtog‘i avtohalokatga uchradi

Britaniya qirolichasining turmush o‘rtog‘i avtohalokatga uchradi
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filipp 17 yanvarda yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Kun.uz nashri ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, yo‘l-transport hodisasi Filipp va qirolicha rojdestvo bayramidan beri qolayotgan Sandringem yaqinida yuz bergan.
YTH vaqtida rulda kim bo‘lgani ma’lum qilinmagan. Shunisi ma’lumki, gersog ba’zida Land Rover avtomobilini boshqarib turadi.

Voqea joyidan olingan suratda Filippnikiga o‘xshash yonboshlagan Land Rover’ni, yo‘l chetida esa ikkinchi yengil avtomobilni ko‘rish mumkin. Politsiya YTHga ikkita avtomobil uchraganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya qirolichasining turmush o‘rtog‘i avtohalokatga uchradi