Foto: «Newtimes.kz»
Olmaota politsiyachilari o‘tgan yil davomida avtomobillardan o‘g‘irlik bilan shug‘ullanuvchi 39 ta guruhni fosh etdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Politsiyaga ko‘ra, jami 85 kishi qo‘lga olingan. Ular hodisalar izidan, shuningdek, tezkor-tergov harakatlari natijasida ushlangan.
Avtomobillardan o‘g‘irliklar asosan hech qanday himoya vositalariga ega bo‘lmagan mashinalarda amalga oshirilishi kuzatilmoqda.
Statistika ma’lumotlarida qayd etilishicha, 2018 yil mobaynida Olmaotada talonchilikni kasb qilgan 124, bosqinchilik bilan shug‘ullangan 49 ta, avtoo‘g‘irliklar sodir etgan 39, kvartiralarda o‘g‘irliklar amalga oshirgan 27, mashinalarni olib qochishga ixtisoslashgan 16 ta guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi