Facebook asoschisi Mark Sukerberg “Tvitter” rahbari Jek Dorsi ko‘z o‘ngida o‘zi boqqan echkilardan birini elektroshokerda jonsizlantirib, so‘ngra so‘ydirgan. Bu haqda Dorsi Rolling Stone jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.
“Mark hayotida bir yil davomida o‘zi o‘ldirgan jonzotlar go‘shtinigina yegan davr bo‘lgan. Palo-Altoda shunday qoida borki, yer egasi 6 bosh chorva boqish huquqiga ega. Mark esa echkilar boqqan”, deb ma’lum qilgan Dorsi intervyuda.
Sukerberg shu kuniyoq Dorsini uyiga kechki ovqatga taklif qilgan. Mark hamkasbiga o‘zi tayyorlagan echki go‘shtini tortiq qilgan. Dorsining aytishicha, Facebook asoschisi go‘shtni pechga tiqib, yarim soatdan keyin uni dasturxonga tortgan.
“U o‘sha echki go‘shtini tayyorlagan. Go‘sht sovuq holda edi. Men o‘sha kecha salat bilan kifoyalanib qolganman”, deb eslagan Dorsi.
Dorsi Facebook rahbari echkini o‘ldirish uchun qanday vosita qo‘llagani haqidagi savolga bu lazer nishonga olgichli elektroshoker to‘pponchasi bo‘lganini aytgan. “Tvitter” rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Sukerberg echkiga to‘pponchadan o‘q uzgandan keyin uni pichoq bilan o‘ldirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi