Turkiya Xitoyni etnik uyg‘urlar huquqlarini hurmat qilish va ularni majburiy ushlab turish uchun mo‘ljallangan lagerlarni yopishga chaqirgan. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi vakili Hami Oqsoy ma’lum qildi.
“Milliondan ko‘proq uyg‘urlar turmalar va konslagerlarda majburiy ushlab turish, qiynoq, mafkuraviy qayta ishlash siyosatiga to‘qnash kelishdi. Xitoydan tashqarida, jumladan Turkiyada yashovchi uyg‘urlar vatanlaridagi yaqinlari va qarindoshlari haqida ma’lumot olisha olmayapti. XXI asrda yana konslagerlar paydo bo‘lishi holati butun insoniyat uchun sharmandalikdir. Xitoy hukumatini etnik uyg‘urlarning huquqlarini hurmat qilish va konslagerlarni yopishga chaqiramiz”, deb aytgan Oqsoy.
Turkiya vakili uyg‘ur shoiri, avvalroq Xitoy sudi tomonidan 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Abdurahim Hayitning o‘limiga izoh berib, oxirgi ikki yil davomida Xitoyda uyg‘urlar va boshqa musulmon jamoalariga bosim kuchayganini qayd qilib o‘tgan.
“Uyg‘urlar masalasi Turkiya tomonidan Xitoy bilan muzokaralarda muntazam ko‘tariladi. Xalqaro hamjamiyat va BMT bosh kotibi gumanitar fojianing oldini olish uchun samarali qadamlar qabul qilishlari lozim”, deb qo‘shimcha qilgan Oqsoy.
2018 yil avgust oxirida BMTning irqiy tahqirlashga barham berish bo‘yicha qo‘mitasi mutaxassislari o‘z hisobotlarida Xitoyning Sinszyan-Uyg‘ur muxtor tumanidagi “qayta tarbiyalash lagerlari”da millionga yaqin uyg‘ur ushlanib turilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Bunga javoban Xitoy keltirilgan ma’lumotlar hech nima bilan asoslanmaganligi va haqiqatga mos emasligini hamda mamlakatda irqiy tahqirlash borasida barcha xalqaro majburiyatlar bajarilishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi