Xitoylik bola hovuz oldida oʻynayotib sirpanib ketdi va unga quladi. Bolaning yoʻqolganini sezishganida esa kech boʻlgan edi, deb yozadi Kun.uz.
Bolaning hayotini saqlab qolgan 53 yoshli Yang Yu ota-onasi bilan dam olishga kelganda hovuzdagi suvda bola kiyimini koʻrib qolgan. Erkak atrofdagilarni yordamga chaqirib, suvga oʻzini tashlagan. Hovuz tubida bolani topgan vaqtda u yuz tomoni bilan pastga qarab yotgan boʻlgan. Bola zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar bolaning nafas olmayotganini bilgach yurak-oʻpka sohasi reanimatsiyasini oʻtkaza boshlashdi.
Shifokorlar 40 daqiqa ter toʻkishdi, biroq natija boʻlmadi — bola na nafas olardi va na yuragi urardi. Ular oʻlim holatini qayd qilmoqchi boʻlishganida bolaning onasi va bobosi koʻzlarida yosh bilan jonlantirish jarayonini toʻxtatmaslikni iltimos qilishdi. Mutaxassislar reanimatsiyani davom ettirishdi va bolani sunʼiy ventilyatsiya apparatiga ulashdi.
“Men uning yaqinlariga yoʻq deya olmadim, mening oʻrnimda boshqalar ham shunday qilgan boʻlardi”, - dedi shifokor.
110 daqiqadan keyin bola mustaqil ravishda nafas ola boshladi. Shifokorlar hayratda qolishdi. Bolani tekshiruvlar uchun Ibinya shifoxonasiga yoʻllashdi, zero kislorod yetishmovchiligi miya faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin edi. Doktor Van Bo bunday hayotgan moʻjizaviy qaytish holatiga 14 yillik tajribasi davomida birinchi marta duch kelganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi