12:40 / 30.04.2019
4 270

Messining Bokudagi qiyofadoshi “ozarboyjonlik Messi” deb atalmoqda (video)

Messining Bokudagi qiyofadoshi “ozarboyjonlik Messi” deb atalmoqda (video)
Ozarboyjonning Boku shahrida argentinalik futbolchi Lionel Messining qiyofadoshi istiqomat qilishi ma’lum bo‘ldi, deya xabar qildi Darakchi.uz nashri.

Ozarboyjonlik Royal Agamaliyevning tashqi ko‘rinishi Messiga shunchalik o‘xshashki, endilikda u “ozarboyjonlik Messi” deb atala boshladi.
Silliq jag‘, qirg‘iy nigoh va past bo‘y afsonaviy Messini yodga soladi.

Endilikda ozarboyjonlik Messi argentinalik futbolchi kabi yulduzga aylangan. U Boku ko‘chalari bo‘ylab tinmay dastxatlar yozib beradi, esdalik uchun fotosuratga tushadi.

Bokulik Messi haydovchi bo‘lib faoliyat yuritadi. Uning eng katta orzusi – chinakam Lionel Messi bilan uchrashib, argentinalik yulduzni Ozarboyjon bo‘ylab sayr qildirishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Messining Bokudagi qiyofadoshi “ozarboyjonlik Messi” deb atalmoqda (video)