19 may, yakshanba kuni kechqurun Dushanbe shahridan 15 kilometr janubi-sharqda joylashgan Vaxdat shahridagi qattiq rejimdagi koloniyada yuz bergan g‘alayon oqibatida uch nafar qo‘riqchi va 29 nafar mahbus o‘ldirildi. Bu haqda Tojikiston adliya vaziri o‘rinbosari, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Mansurjon Umarov RIA Novosti’ga xabar qilgan.
«G‘alayon davomida koloniyaning uch nafar nazoratchisi va 29 nafar mahbus o‘ldirildi. Shu bilan birga, ularning sakkiz nafari mahbuslarning o‘zi tomonidan o‘ldirilgan», - dedi u.
Tojikiston Adliya vazirligi xabar berishicha, 19 may kuni soat 20:30da Vaxdat shahridagi 3-sonli qattiq tartibli koloniya - «G‘isht zonasi»da mahbuslar tomonidan g‘alayon keltirib chiqarilgan.
«Adliya vazirligining Jinoiy jazolarni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli, Vaxdat shahridagi 3/2-sonli axloq tuzatish koloniyasida bo‘lgan IShID terrorchilik tashkilotining 30 nafar o‘ta xavfli tarafdori pichoq va tig‘li buyumlar bilan qurollanib koloniya 3 nafar xodimini garovga olishdi va o‘ldirishdi. Ular qamoqxonadan qochishga urinishgan», - deyiladi matbuot uchun xabarnomada.
Bu koloniya Tojikiston Adliya vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tasarrufiga kiradi, unda qariyb 1500 mahbus saqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi