«Arsenal»ning asli kelib chiqishi turk bo‘lgan germaniyalik yarimhimoyachisi Mesut O‘zil bo‘lajak rafiqasi bilan Dolmabahche saroyida mehmon bo‘lib, Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an bilan iftorlik qildi.
O‘zil o‘tgan yili JCh-2018 oldidan Erdo‘g‘an bilan ko‘rishgan va unga «Arsenal» futbolkasini sovg‘a qilgandi. Anqara va Berlin munosabatlarida taranglik hukm surgan vaqtda ro‘y bergan mazkur voqea Germaniyada keskin tanqidlarga sabab bo‘lgan, oqibatda Mesut milliy jamoadan ketgan edi.
NTV xabariga ko‘ra, Mesut O‘zil Erdo‘g‘anni kelasi oy Istanbulda bo‘lib o‘tadigan to‘yiga taklif etgan.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli xavbek bu mavsum APLning 24 ta o‘yinida qatnashib, 5+2 mahsuldorlik natijasini qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi