Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan aloqalar yo‘qligini unga bu borada Kiyevdan takliflar tushmagani bilan tushuntirdi. Putin bu haqda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Putin ukrainalik hamkasbini prezident lavozimiga saylangani bilan tabriklamaganini Zelenskiyning Rossiyaga nisbatan nodo‘stona so‘zlar aytishi bilan tushuntirgan. “U hanuzgacha muayyan nutqni davom ettirmoqda, bizni dushmanlar, agressorlar deb atamoqda. U nimaga erishishi, qilishi borasida bir to‘xtamga kelishi lozim”, deb aytgan Putin.
Putin Zelenskiy bilan aloqalardan bosh tortmasligini qo‘shimcha qilgan.
“Men rad etdimmi? Menga umuman hech kim buni taklif qilmadi”, deb davom ettirgan so‘zlarini Rossiya yetakchisi.
“Men bu odamni bilmayman, umid qilamanki, qachondir u bilan tanishamiz. Ko‘rinishicha, u avval ishlagan sohasida yaxshi mutaxassis, u yaxshi aktyor. Biroq kimnidir o‘ynash boshqa-yu, kimdir bo‘lish boshqa”, deb aytgan Putin.
Rossiya prezidentining aytishicha, Zelenskiy bir qiyofadan boshqasiga kirish iste’dodiga ega, biroq Ukrainaning yangi prezidenti siyosatchiga xos sifatlarni hali namoyish qilmadi.
“Biz uning o‘zaro teskari gaplarni aytayotgani ko‘rmoqdamiz: saylovoldi kampaniyasi vaqtida boshqa, saylovlardan keyin esa boshqa gaplar. Men u hech narsa qilmay turib, o‘z so‘zlari bilan barchasini rasvo qildi, deb aytmayapman. Yashasak, ko‘raveramiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Putin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda