16:18 / 10.06.2019
2 539

Xitoy AQShning Huawei’ga nisbatan harakatlarini sharmandalik deb atadi

Xitoy AQShning Huawei’ga nisbatan harakatlarini sharmandalik deb atadi
AQSh Huawei kompaniyasiga bosim o‘tkazish uchun turli choralarga qo‘l urmoqda, yirik davlat uchun xususiy kompaniyaga nisbatan bunday harakat qilish sharmandalikdir, dedi Xitoy TIV vakili Gen Shuan.

"Keyingi vaqtda davlat kotibi qayerga borsa Xitoy haqida gapirayotganiga e’tibor bermoqdamiz. Ammo uning barcha bayonotlari yolg‘ondan boshqa narsa emas. Masalan, Huawei bilan bog‘liq vaziyatni olaylik. AQSh Huawei va boshqa Xitoy kompaniyalari xavfsizlikka tahdid solishini aytdi, ammo buni tasdiqlaydigan hech qanday dalil keltira olmadi", - dedi Gen Shuan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh asossiz ayblovlar qilmoqda va Huawei’ga bosim o‘tkazish uchun davlat qudratidan foydalanmoqda. Bu yirik davlat uchun axloqsizlik va sharmandalikdir".

Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Euronews telekanaliga bergan intervyusida Yevropa davlatlari Huawei kompaniyasi bilan aloqa qilmasliklari kerakligini aytgandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy AQShning Huawei’ga nisbatan harakatlarini sharmandalik deb atadi