Qozog‘iston politsiyasi 6 iyul kuni Olmaotadagi namoyishlarda 100ga yaqin kishini qo‘lga oldi, Nur-Sultonda ham ruxsat etilmagan norozilik aksiyalarida ishtirok etgan 100 nafarga yaqin kishi ushlangan. Bu haqda HOLA News'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Vlast.kz xabariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar o‘nlab avtozaklarda olib ketilgan.
Foto: Vlast.kz
«Radio Azattыk» xabariga ko‘ra, Olmaota va Chimkentda mos ravishda 70 va 40 nafardan kishi qo‘lga olingan, Nur-Sultonda ham yana o‘nlab kishilar ushlangan. Nashrning qayd etishicha, Olmaotada qo‘lga olinganlardan biri «Shal, ket!» («Chol, yo‘qol!») deya hayqirgan.
«Interfaks» nashri esa o‘z manbasiga asoslanib Olmaota va Nur-Sultonda qo‘lga olinganlar soni 250 nafarni tashkil etgani to‘g‘risida xabar bergan.
Foto: REUTERS/Pavel Mikheyev
Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushlanganlardan ayrimlarida travmatik qurol va tutun chiqaruvchi shashkalar topilgan. Politsiyadagilar qo‘lga olish jarayoni «maksimal darajada sipolik bilan» olib borilganini qayd etgan. IIV qo‘lga olinganlar soniga aniqlik kiritmagan.
Foto: REUTERS/Pavel Mikheyev
Foto: REUTERS/Pavel Mikheyev
Hukumatga qarshi mitinglarni mamlakatda man etilgan «Qozog‘iston demokratik tanlovi» harakati tashkilladi. Namoyishchilar muammolari haqida aytish uchun ko‘chalarga chiqqanini bildirmoqda.
9 iyun kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgandi. Saylovda Nursulton Nazarboyevning izdoshi Qosim-Jo‘mart To‘qayev g‘alaba qozongan. Mamlakatni 30 yilga yaqin vaqt davomida boshqargan Nazarboyev 2019 yil martida iste’foga chiqqandi.
Qozog‘istonda saylovlar kunida ham muxolifat vakillarining namoyishlari o‘tkazilgan, mitinglar davomida odamlar saylovni boykot qilishga chaqirilgandi. O‘shanda politsiya qariyb ming kishini qo‘lga olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi