Daxlsizlik huquqi va Qirg‘izistonning sobiq prezidenti maqomidan mahrum etilgan Almazbek Atamboyev Rossiyaning Kant harbiy bazasidan xususiy samolyotda Moskvaga uchib ketdi.
Avvalroq Atamboyev do‘stlari taklifiga ko‘ra Moskvaga bormoqchiligini va 25 iyul kuni qaytishini e’lon qilgandi. U kim bilan uchrashishni rejalashtirganini ma’lum qilmagan.
Sotsial-demokratik partiya vakili Kunduz Joldubayevaning ijtimoiy tarmoqda xabar qilishicha, Atamboyevni olib ketish uchun Rossiyadan RusJet aviakompaniyasining RRJ-95B maxsus borti kelgan.
Sobiq prezidentni 300ga yaqin tarafdorlari kuzatib qo‘ygan. Atamboyevga uch nafar parlament deputati va sotsial-demokratik partiya siyosiy kengashining ikki a’zosi hamrohlik qilmoqda.
Qirg‘iziston parlamenti Almazbek Atamboyevni 27 iyun kuni daxlsizlik huquqi va sobiq prezident maqomidan mahrum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi