Foto: Kommersant’
Chechenistonda kattaligi jihatidan Grozniydan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadigan Argun shahri hokimi etib Ramzan Qodirovning 28 yoshli qarindoshi Xas-Magomed Qodirov tayinlandi.
Ramzan Qodirovning matbuot kotibi Alvi Karimov bu xabarni tasdiqladi va Xas-Magomed Qodirovni «shahar xo‘jaligini yaxshi tushunadigan» va «odamlar bilan muomala qilishni biladigan» mutasaddi sifatida ta’rifladi. Shu bilan birga 28 yoshli Qodirov Checheniston rahbariga yordamchi bo‘lgani va Checheniston IIVni boshqarganini eslatib o‘tdi.
«U o‘ziga nisbatan talabchan va odamlarga hurmat bilan muomalada bo‘ladi. Bunday hokim argunliklar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi», — deydi Karimov.
Alvi Karimov Xas-Magomed Qodirov va Ramzan Qodirov yaqin qarindosh ekani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Garchi ular bir urug‘dan bo‘lsa ham, yaqin qarindosh emas. Shunchaki, bu juda katta urug‘ va Axmat-Yurt qishlog‘ida katta hududni egallagan», — deydi matbuot kotibi.
Xas-Magomed Qodirov 2017 yil, 26 yoshida Grozniy shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi. O‘shanda u politsiyada kichik leytenant unvoniga ega bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi