3 115
Jeenbekov: Atamboyev qurolli qarshilik ko‘rsatib, konstitutsiya va qonunlarni qo‘pol ravishda buzdi
Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston Respublikasi konstitutsiyasi va qonunlarini qo‘pol ravishda buzib, qonun doirasidagi tergov tadbirlarini o‘tkazishga keskin qarshilik ko‘rsatdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 8 avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasi xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Jeenbekov Qirg‘iziston Respublikasi huquqiy davlat ekanligini ta’kidladi. Davlatning vazifasi - barcha fuqarolar tomonidan qonun talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash.
«Davlat rahbari xavfsizlik kengashi a’zolariga murojaat qilib, mamlakatda qonun ustuvorligi, tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun barcha choralarni ko‘rish zarurligini ta’kidladi. Shu sababli shoshilinch choralar ko‘rish kerak», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Vaziyat yuzasidan Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Orozbek Opumbayev, ichki ishlar vaziri Qashqar Junushaliyev, bosh prokuror Otkurbek Djamshitov ma’lumot berishdi.
Majlis yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi. Boshqa tafsilotlar noma’lum.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Atamboyevning qarorgohi shturmi vaqtida 48 kishi jabrlangan, maxsus xizmatlarning bir jangchisi halok bo‘lgan, viloyat militsiyasi rahbari bosh miya-chanoq jarohati olib, komaga tushgan. Maxsus kuchlar sobiq prezidentni ushlashning uddasidan chiqishmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi