Tojikistonda Iydi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxi birdan ko‘tarildi.
Xususan, Dushanbedagi Markaziy bozorda qovun va tarvuzlar uch kun oldin 25-30 somoniy turgan bo‘lsa, endi bu poliz mahsulotlarini 50 somoniydan past narxda topolmaysiz.
Shaftolilar narxi ham ikki karra oshgan, bir kilosi 8-10 somoniy turgan mevalar bugun 10-25 somoniydan sotilmoqda.
Shunga qaramay, muqaddas ayyom - Qurbon hayiti arafasida barcha bozorlar xaridorlarga to‘la. Tojikistonliklar bayramona dasturxon tuzash uchun oziq-ovqat olgani chiqishgan.
Sal oldin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat fuqarolarini Qurbon hayiti bilan tabriklay turib, shohona dasturxondan naf yo‘qligini, bayramlarda o‘ylamay qilinadigan sarf-harajatlar oila byudjetiga maqsadsiz putur yetkazishini eslatib o‘tgan edi.
Joriy yil ushbu qoidani buzgan musulmonlar 5 ming somoniy, yoxud 530 dollarga yaqin jarima to‘lashga majbur bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda