AQShning o‘z ustunligiga ishonchi va shu bilan bog‘liq holda o‘ylanmagan qadamlarni amalga oshirishi mumkinligi Rossiya va boshqa davlatlarga bosh xavf hisoblanadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Moskovskiy komsomolets” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Sen zaif tomonlaringni anglab, muvozanat va umumiy xavfsizlikni saqlashdan manfaatdor bo‘lsang, bu seni aql bilan ish tutishga undaydi. AQSh kabi kuchlar balansi sening foydang uchun shakllangan, deb o‘ylasang, miyaga turli, jumladan uncha aqlli bo‘lmagan fikrlar kelishi mumkin”, deb aytgan Shoygu.
Vazirning ta’kidlashicha, axborotlashtirish va avtomatlashtirishning bugungi darajasida qurollanishni boshqarish tizimida xatolikka yo‘l qo‘yish imkoni yuqoridir. Shu sababli oxirgi vaqtda oldingi qatorga axborot xavfsizligi muammosi chiqmoqda.
Shoygu dunyodagi vaziyatga to‘xtalib, Rossiyaning hozirda katta ko‘lamli urushda ishtirok etishi masalasi turmayotganiga umid bildirgan.
“Bunday urushning xavfi va oqibatlari har bir kishiga ma’lum”, deb qo‘shimcha qilgan Shoygu.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya fan va sanoatining taraqqiyoti mamlakatga AQShga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatishga imkon beradi. Shu bilan birga, Moskva Vashington bilan “barcha frontlarda” raqobatlashishga harakat qilmaydi.
“Agar siz AQSh harbiy byudjetini tahlil qilsangiz, ularda katta mablag‘ butun dunyo bo‘ylab joylashgan turli bazalarga ketishini tushunasiz. AQShda bunday bazalardan 170 ta bor”, deb aytgan Rossiya mudofaa vaziri va AQShning Afg‘onistondagi operatsiyaga sarflaydigan mablag‘i deyarli Rossiyaning bir yillik harbiy byudjetiga tengligini qo‘shimcha qilib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi