21:13 / 01.10.2019
2 924

Bezos Amerikaning eng boy kishilari ro‘yxatida qatorasiga ikkinchi bor yetakchi bo‘ldi

Bezos Amerikaning eng boy kishilari ro‘yxatida qatorasiga ikkinchi bor yetakchi bo‘ldi
Amazon onlayn-riteyleri asoschisi va rahbari Jeff Bezos Amerikaning eng boy 400 kishisi ro‘yxatida qatorasiga ikkinchi bor yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Forbes jurnali xabar berdi.

Nashr Bezosning boyligini 114 milliard dollar deb baholadi. O‘tgan yili uning boyligi 160 milliard dollar deb baholangandi.

Qayd etilishicha, biznesmenning “yo‘qotishi” uning xotini Makkenzi bilan “dunyodagi eng qimmat ajrashish” deb nom olgan ajrashish jarayoni yakunlangani bilan bog‘liq. Biznesmenning sobiq xotini uning Amazon kompaniyasidagi ulushining chorak qismini oldi.

Eng boy 400 amerikalikning to‘liq ro‘yxati Forbes saytida 2 oktyabrda e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bezos Amerikaning eng boy kishilari ro‘yxatida qatorasiga ikkinchi bor yetakchi bo‘ldi