Foto: Google Images
Bill Geytsning rafiqasi Melinda 10 yil davomida AQShda gender tengligiga erishish uchun bir milliard dollar sarfladi. Bu haqda u Time jurnalidagi kolonkada ma’lum qildi, deb yozmoqda Daryo nashri.
O‘zining Pivotal Ventures kompaniyasi orqali Melinda Geyts ayollar imkoniyatlarini kengaytirish uchun innovatsion strategiyalarni amalga kiritadigan kompaniya va tashkilotlarga pul tikishni ko‘zlamoqda.
Xususan, Geyts ayollarning kasbiy o‘sishi va ularning ijtimoiy muhim sohalarda rivojlanishi yo‘lidagi to‘siqni bartaraf etish maqsadlari uchun mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda.
«Men ayollarni qaror qabul qiladigan, resurslarni nazorat qiladigan va siyosatni shakllantiradigan lavozimlarda ko‘rishni xohlayman. Ayollarning potensialiga investitsiya qilish kerak, deb hisoblayman» — deb ta’kidlagan Geyts.
2000 yilda Melinda Geyts turmush o‘rtog‘i bilan «Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi»ga asos solgan. Jamg‘arma ijtimoiy, tibbiy va ta’lim loyihalarini, shuningdek, gender tengligi sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Avvalroq Forbes tomonidan e’lon qilingan AQShning eng boy kishilari ro‘yxatida Bill Geyts 106 milliard dollar bilan ikkinchi o‘rinni egallagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi