Foto: Natalya Seliverstova / RIA Novosti
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yilning 8 oktyabr kuni Moskva oblasti Lyubersi tumani hududidagi o‘rmondan O‘zbekiston fuqarosi X.B.ning jasadi topilgan.
Avvalroq, elchixona 2 oktyabr kuni “Tomilinsk elektron zavodi” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi” MChJning ob’ektlaridan birida devor qulashi natijasida hamyurtimiz vafot etgani va tashkilot rahbarlari mazkur holatni yashirishga urinayotgani to‘g‘risida ma’lumot olib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga rasmiy murojaat qilgandi hamda bosh konsul O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiya agentligi vakolatxonasi rahbari bilan birgalikda voqea joyiga borgan edi.
Tergov organlari qidiruv amaliyotlarini olib bordi hamda marhumning jasadi ob’ektdan 5 km uzoqlikdan topildi.
Ayni paytda tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davom etmoqda.
Elchixona vaziyatni nazoratga oldi hamda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarini hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi va Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kastroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva shahri, Moskva oblasti, Oryol oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi