Foto: PA MEDIA
Boris Jonson tvitterida yozgan xabarida «ajoyib yangi kelishuvga erishilgani, bu ikki tomonga ham nazoratni qo‘lga olish imkonini berishi»ga ishonch bildirgan. Ayni vaqtda kelishuv tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
Kelishuv 17-18 oktyabr kunlari o‘tkaziladigan sammitda tasdiqlanishi kutilmoqda, keyin uni 19 oktyabr kuni Britaniya Jamoalar palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlashlari kerak bo‘ladi.
Lekin britan parlamenti yana bir bor bosh vazirning irodasiga qarshi chiqishi mumkin: Jamoalar palatasida Boris Jonsonning muxoliflari ko‘pchilikni tashkil etadi. Shu tufayli YeIda chiqish bo‘yicha yangi variant ham qaytarilishi mumkin.
Britaniyaliklar 2016 yil yozida bo‘lib o‘tgan referendumda Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish uchun ovoz bergan edi. Shundan so‘ng mamlakat parlamenti va qirolicha Yelizaveta II jarayonni ma’qullashini bildirgandi.
2018 yilning 15 noyabr kuni Britaniya Vazirlar Mahkamasi Yevropa Ittifoqidan chiqish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilgan. Muhokama qilinganidan so‘ng «Brekzit» masalalari bo‘yicha vaziri va mamlakat mehnat vazirining iste’foga chiqqan. 15 yanvarda Parlament quyi palatasi Tereza Meyning Yevropa Ittifoqidan chiqish rejasini rad etgan. Keyinchalik Tereza Mey ham iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan.
Avvalgi kelishuvga ko‘ra, Buyuk Britaniya 31 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqini tark etishi ko‘zda tutilgandi.
YeI va Buyuk Britaniya birlashgan qirollik ittifoqni tark etganidan keyin savdo va moliyaviy hamkorlik masalasi qanday bo‘lishi bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Bunday kelishuvsiz ittifoqdan chiqish ikki tomon uchun ham jiddiy iqtisodiy yo‘qotishlar olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi