Foto: «travel.ru»
Fransiyada Parij-syud universiteti olimlari Efiopiyadagi Dallol vodiysida tadqiqot o‘tkazishgach, u yerda hech qanday bakteriya bo‘lishi mumkin emas, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «Nature Ecology & Evolution»ga tayanib «Regnum» xabar berdi.
— Sayyora yuzasida suv bo‘lishi ko‘pincha yashashga yaroqli mezon sifatida qaralardi. Lekin bizning tadqiqotlarimiz Yer yuzida suv bo‘lishiga qaramay, mutlaqo hayotsiz joylar ham borligini isbotladi, — deydi mutaxassislar.
Ularning ta’kidlashicha, vodiydagi suv harorati 109 daraja atrofida, ustiga-ustak, nihoyatda sho‘r va nordon. Ularning fikricha, bunday sharoitda har qanday tirik hujayralar parchalanib ketadi.
Bundan oldin ispan olimlari Dallol vodiysida bakteriyalarni aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalarini chop etishgandi, biroq fransuz mutaxassislari buni inkor etishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi