14:00 / 25.11.2019
4 446

Bugungi kunda eng uzun jirafa qayerda yashaydi?

Bugungi kunda eng uzun jirafa qayerda yashaydi?
Ba’zan zerikkanimizda yoki ish-yumushlardan charchaganimizda hayvonot bog‘lari va shunga o‘xshash joylarga tashrif buyuramiz. Hayvonlarni ko‘rganda odam ularning antiqa ko‘rinishi-yu qiliqlariga mahliyo bo‘lib, bor tashvishlarini qisqa muddatga bo‘lsada unutadi. Shunday ajabtovur hayvonlardan biri bu jirafadir. Uning hammadan balandda ko‘zlarini pir-piratib turishi odamning ham zavqini oshiradi ham kulgusini keltiradi.

Eng uzun jirafaning bo‘yi qancha bo‘lar ekan? Bu barchamiz uchun qiziq savol bo‘lsa kerak. Bugungi kunda eng uzun deb topilgan jirafa bu Zulu laqabli jirafadir. U Uelsdagi Folly Farm hayvonot bog‘ida yashaydi hamda hozirda uning uzunligi qariyb 6 metrni tashkil etadi. Uning yashash joyining balandligi ham 6 metrli binodir.

Zuludan oldingi eng uzun jirafa Jorj laqabli jirafa bo‘lib, balandligi shoxlari bilan qo‘shib hisoblaganda 6 metrdan ham oshgan edi. U Chester hayvonot bog‘iga Keniyadan 1959 yil yanvarda keltirilgan edi hamda 1969 yil iyul oyida hayotini yashab o‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bugungi kunda eng uzun jirafa qayerda yashaydi?