11:10 / 27.11.2019
2 527

Parvoz vaqtida uchuvchinining yuragi xuruj qilishi natijasida parvoz to'xtatildi.

Parvoz vaqtida uchuvchinining yuragi xuruj qilishi natijasida parvoz to'xtatildi.
Yuragining xuruj qilishi sababli uchuvchi parvozni amalga oshirolmadi va Moskvaning Sheremetevo aeroportidan Qora dengizdagi Anapa shahriga uchayotgan SU1546 reysi Rostov-Don shahriga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Yerga qo‘nmasdan oldin tibbiy yordam ko‘rsatildi, ammo foydasi bo‘lmadi.

Yo‘lovchi Yelena Voronova mahalliy ommaviy axborot vositalariga shunday dedi:
«Styuardessa tinimsiz yo‘lakdan yugurib, bortda biron bir shifokor bormi, deb so‘radi, hozir ularga shifokor juda ham kerakligini takror va takror aytdi”.

Uchuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa ham, samolyot qo‘nganidan ko‘p o‘tmay u vafot etgan. Bu borada hozir tergov davom etmoqda.
Shuning uchun ham samolyotlarda ikkita uchuvchi bo‘lishi kerak, chunki parvoz xavfsiz amalga oshirilishi kerak.

Bu kabi holatlar birinchi marta bo‘layotgani yo‘q, albatta. Shunga o‘xshash hodisalardan biri 1996 yilda bo‘lgan va unda ham yonidagi ofitser sababli parvoz xavfsiz yerga qo‘ngan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parvoz vaqtida uchuvchinining yuragi xuruj qilishi natijasida parvoz to'xtatildi.