08:25 / 28.11.2019
8 435

"Ginnes rekordlari" ga kiritlgan eng past bo‘yli qiz kim ekanligini bilasizmi?

"Ginnes rekordlari" ga kiritlgan eng past bo‘yli qiz kim ekanligini bilasizmi?
Jyoti Kisange Amge 1993 yil 16 dekabrda Hindistonda tavallud topgan. Ginnes rekordlariga 2011 yil kiritilgan hindistonlik eng kichkina ayol deb tan olingan.

Uning balandligi 62,8 santimetr. Unda irsiy kasallik bor bo‘lganligi sababli bo‘yi o‘smay qolgan. Uni mashhur aktrisa desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Masalan, u 2009 yilda hujjatli filmda suratga tushgan. Keyinchalik u "Freak Shou Ma Petite" AQSh filmida 2014 yil 13 avgustda rol ijro etdi.
2012 yilda u o‘ziga o‘xshash past bo‘yli erkak, Chandra Bahadur Dangi bilan uchrashdi.

2018 yil esa dunyodagi eng baland bo‘yli erkak bo‘lmish Sulton Kosen bilan uchrashadi.

Uning bir yoqtirmaydigan odati bor. Ya’ni agar kimdir unga go‘dakka qilgandek munosabatda bo‘lsa, jahli tez chiqadi. U, shuningdek "kimdir mening sochlarimga tegsa yoki ruxsatsiz menga tegsa bu meni g‘azablantiradi", - deb aytadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Ginnes rekordlari" ga kiritlgan eng past bo‘yli qiz kim ekanligini bilasizmi?