
Olimlar birinchi marta dunyodagi eng yirik sut emizuvchilar biologiyasi haqidagi yangi ma’lumotlarni kashf etgan ko‘k kitning yurak urish tezligini qayd etishdi.
Maxsus qurilmadan foydalanib, biologlar ko‘k kitning yurak urishini o‘lchash uchun tanasining chap tomoniga elektron datchiklarni biriktirdilar.
Mutaxassislar ko‘k kit ovqatlanish uchun suv tubiga sho‘ng‘iganida uning yurak urishi daqiqada ikki martaga kamayganini aniqladilar. Suvning yuza qismiga ko‘tarilganda esa yurak urishi yana tezlashgan.

Ularning yurak urish tezligi - daqiqasiga 25 dan 37 gacha deb xabar beradi Milliy Fanlar akademiyasining olimlari dushanba kuni nashr etilgan tadqiqotida.
Uzunligi taxminan 30 metr bo‘lgan ko‘k kitlar, sut emizuvchi hayvonlar orasida eng yirik sut emizuvchilar hisoblanadi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, ko‘k kitning yuragi «eng yuqori darajada ishlaydi».
Tadqiqotchilarning izlanishlariga ko‘ra, ko‘k kitlarning yurak urish tezligi kutilgandan ko‘ra ancha yuqori bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar