17:17 / 02.12.2019
2 243

Anqara Suriya qoʻshinlariga emas, terrorchilarga qarshi kurashayotganini bildirdi

Anqara Suriya qoʻshinlariga emas, terrorchilarga qarshi kurashayotganini bildirdi
Foto: AP Photo / Lefteris Pitarakis
Turkiya Suriya shimoli-sharqida suriyalik harbiylar emas, terrorchilar bilan kurashmoqda va oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha majburiyatlarini buzmoqchi emas. Bu haqda Turkiya prezidenti maʼmuriyatining xavfsizlik va tashqi siyosat boʻyicha kengashi aʼzosi Ismoil Safi maʼlum qildi.

“Bu hudud terrorchi unsurlardan batamom tozalangani yoʻq. Turkiya Suriya qoʻshinlariga emas, faqat terrorchilarga qarshi kurashmoqda”, - dedi Safi Suriya armiyasi va turk qoʻshinlari oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlayotgani haqidagi xabarlarni izohlarkan.

Avvalroq SANA agentligi Turkiya Suriyaning Ras al-Ayn shahrida harbiy baza qurayotgani toʻgʻrisida xabar tarqatgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Anqara Suriya qoʻshinlariga emas, terrorchilarga qarshi kurashayotganini bildirdi